10:08 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
87 0 0

1-bosqichda isteʼmolchilar rangli chiqindi konteynerlari va (yoki) qayta ishlanadigan paketlar bilan bepul taʼminlanadi

TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. "Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali maʼlum qildi.

Qarorga koʻra, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish” davlat korxonasi Toshkent shahar hokimligi tizimiga oʻtkaziladi.

"Maxsustrans" davlat unitar korxonasi ishtirokida chiqindilar bilan bogʻliq ishlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

2021 yil 1 martdan qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish tizimi quyidagi tartibda bosqichma-bosqich joriy etiladi:

1-bosqichda (2021 yilda) – Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadigan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yigʻish;

2-bosqichda (2022 yilda) – “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan barcha hududlardagi yakka tartibdagi turar-joy sektorida qattiq maishiy chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yigʻish;

3-bosqichda (2023 yildan boshlab) – barcha tumanlarda chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yigʻish.

1-bosqichda isteʼmolchilar rangli chiqindi konteynerlari va (yoki) qayta ishlanadigan paketlar bilan bepul taʼminlanadi.

Chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari isteʼmolchilar tomonidan chiqindilar saralab yigʻilganligini inobatga olib pasaytirilgan holda belgilanadi.

Asosiy mavzular