19:00 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
65840

"Rossiya yangi qurollanish poygasiga qoʻshilish niyatida emas, ammo oʻz xavfsizligini taʼminlab boradi", - dedi Rossiya yetakchisi.

TOSHKENT, 17 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun boʻlib oʻtgan anʼanaviy matbuot-anjumani vaqtida dunyoda qurollanish poygasi borayotganini aytdi.

Tanki T-14 Armata
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy

"Dunyoda qurollanish poygasi boshlangan. Bu roʻy bergan. AQSH Raketalarga qarshi mudofaa shartnomadan chiqqach hammasi boshlangan edi. Boshqacha boʻlishi mumkinmidi: bir davlat oʻzi uchun zontik qursa-yu, demak, pirovard natija qanday boʻlishi kerak edi? Yakuniy natija - yadroviy salohiyatimizning nolga tenglashtirilishi. Demak, qilishimiz lozim boʻlgan ish - buning roʻy bermasligi uchun bor imkoniyatni ishga solish edi",- dedi Putin katta matbuot-anjumanida.

Rossiya rahbari shuningdek, amerika raketaga qarshi mudofaa tizimi - yangi rus qurollariga xalal berolmasligini qoʻshimcha qildi.

"Rossiya yangi qurollanish poygasiga qoʻshilish niyatida emas, ammo oʻz xavfsizligini taʼminlab boradi", - deya aniqlik kiritdi Putin.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, AQSH mudofaa byudjeti Rossiyanikiga qaraganda ancha koʻp, ammo Rossiya oʻz injener, ishchi va olimlar isteʼdodi hisobiga bu farqni qoplay oladi.

Putinning qayd etishicha, mamlakat va xalq xavfsizligini soʻzsiz taʼminlash borasidagi vazifalar ado etilmoqda.

Davlat rahbari hozirda SNV shartnomasi bekor boʻlishi xavfi mavjudligini eslatib oʻtdi. "Oʻshanda qurollanish poygasi bilan bogʻliq boʻlgan hech qanday cheklovlar qolmaydi. Biz avval boshdan sheriklarimizni ushbu shartnomani hech boʻlmaganda bir yilga uzaytirishga chaqirganmiz va chaqirib kelamiz. Diplomatlar tili bilan aytganda, buyogʻiga nima qilmoq kerakligi borasida muzokaralarni oʻtkazish uchun", - dedi Putin.

Asosiy mavzular