06:16 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
94710

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Sostoyalas vstrecha Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedova
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Ikki mamlakat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlab, kirib kelayotgan yangi 2021 yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashdilar, doʻst xalqlarga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.

Koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bogʻliq murakkab sharoitda ikki davlatning pandemiyaga qarshi kurashish, jahon iqtisodiy va epidemiologik inqirozi oqibatlarini yengib oʻtishda bir-biriga har tomonlama yordamlashgani va amaliy koʻmak koʻrsatgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya vaktsinasini ishlab chiqarish boʻyicha kooperatsiya  imkoniyatlari faol oʻrganilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyat va qiyinchiliklarga qaramay, barcha darajalardagi faol almashinuvlar davom ettirildi. Ikki tomonlama savdo koʻrsatkichlari sezilarli oʻsishiga erishildi, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qator yirik loyihalar va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlari yoʻlga qoʻyildi.

Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekistonning MDHga muvaffaqiyatli birinchi bor raislik qilishiga hamda Oʻzbekiston Respublikasiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomi berilishiga salmoqli koʻmaklashdi.

Suhbat chogʻida prezidentlar mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga bundan buyon ham qatʼiy intilishlari va bu borada birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishlarini tasdiqladilar.

Kelgusi yil rejasiga kiritilgan ikki va koʻp tomonlama tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telefon muloqoti har doimgidek samimiy, ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.

 

Teglar:
MDH, Rossiya prezidenti, Rossiya, koronavirus pandemiyasi, vaktsina, Vladimir Vladimirovich Putin, Putin bilan muloqot, Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev, Mirziyoyev

Asosiy mavzular