17:02 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
137810

Madaniyat vazirligi hamda "ToshkentboshplanLITI" DUK bilan birgalikda bino balandligi hamda shaharsozlik normasi boʻyicha xulosa berilgan. Binoni buzish boʻyicha buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda mulk egasi tomonidan buzilish belgilangan

TOSHKENT, 23 yanv - Sputnik. Samarqand viloyat qurilish bosh boshqarmasi Firdavsiy koʻchasida joylashgan bino shaharning tarixiy muhofaza zonasida joylashganligi sabab, foydalanishga qabul qilinmagani va 7-qavatdan yuqori qismi buyurtmachi tomonidan buzilishi haqida maʼlum qilgan.

Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Firdavsiy koʻchasi 84-manzilda qurilgan yangi koʻp qavatli uyda qurilish-taʼmirlash ishlarida kamchiliklar borligi, aholi binoga yaqinda koʻchib oʻtganiga qaramay, buzila boshlaganligi, aksariyat fuqarolar xonadonlarini oʻzlari qaytadan taʼmirdan chiqarganliklari toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan.

Samarqand shahridagi ushbu 534 xonadonga moʻljallangan mazkur koʻp qavatli bino "Pastdargʻom qurilish mollari" MCHJ tomonidan qurilgan. Pishiq gʻishtdan qurilgan 9 qavatli uy-joyning 392 tasi sotilgan, 104 xonadon egalari oʻz uyiga koʻchib kirgan.

Obʼyekt respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqilib, Samarqand shahri tarixiy markazining muhofaza hududida joylashganligi sababli turar-joy binosining 8-9 qavatlari buzilishi belgilangan.

Qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanmaganligi va respublika ishchi guruhi tomonidan qoʻyilgan talab bajarilmaganligi sababli mazkur obʼyekt inspektsiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan 2019 yil 13 martda shahar iqtisodiy sudiga binoning 8-9-qavatlarini buzish toʻgʻrisida daʼvo arizasi kiritilgan. Sudning 2019 yil 8 maydagi ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.

Madaniyat vazirligi hamda "ToshkentboshplanLITI" DUK bilan birgalikda bino balandligi hamda shaharsozlik normasi boʻyicha xulosa berilgan. Binoni buzish boʻyicha buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda mulk egasi tomonidan buzilish belgilangan.

Bugungi kunda mazkur obʼyekt Samarqand shahri tarixiy markazining muxofaza hududida joylashganligi sababli qurilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yaʼni Madaniy meʼros boshqarmasi talablariga muvofiq obʼyektning balandlik masalasi koʻrib chiqilmoqda, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular