16:21 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
24910

Mazkur koʻp qavatli binoning qurilish ishlari oʻzboshimchalik bilan boshlangani aytilmoqda. Loyiha viloyat shaharsozlik kengashida tasdiqlanmagan va ijobiy ekspertiza xulosasi olinmagan, deyiladi xabarda.

TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Buxoro shahridagi yangi qurilgan uylarning birida gaz balloni portlagan edi. Qurilish vazirligi ushbu holat boʻyicha oʻrganish ishlari natijasini eʼlon qilar ekan, mazkur koʻp qavatli binoning qurilish ishlari oʻzboshimchalik bilan boshlanganini aytmoqda.

"Loyiha viloyat shaharsozlik kengashida tasdiqlanmagan va ijobiy ekspertiza xulosasi olinmagan", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ikki kun avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro shahridagi Islom Karimov koʻchasida joylashgan qurilayotgan sakkiz qavatli binoda portlash sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, koʻp qavatli binoning uchinchi qavatida gaz baloni portlagan. Natijada ikki kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Vazirlik axborotiga koʻra, Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtmasdan qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Shaharsozlik hujjatlarini toʻliq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspektsiya xodimlari tomonidan "WHITE GROUP TRADING" MCHJ rahbariga ogohlantirish ham berilgan.

Viloyat va shahar hokimliklari hamda prokuratura organlariga bir necha bor chora koʻrish uchun xatlar chiqarilgan.

Bundan tashqari, tasdiqlangan kontseptsiya loyihasini buzib, oʻzboshimchalik bilan qavatlar sonini oshirganligi sababli sudga davo arizalari kiritilgan.

Asosiy mavzular