17:28 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
514 0 0

Germaniyada 14 kun davomida boʻlgan Germaniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolari ikki haftalik izolyatsiyasiz Oʻzbekistonga tashrif buyurishlari mumkin

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Toshkent - Frankfurt - Toshkent muntazam qatnovlari tiklandi. Bu haqda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha maxsus komissiya qaroriga binoan, Germaniyada 14 kun davomida boʻlgan Germaniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolari ikki haftalik izolyatsiyasiz Oʻzbekistonga tashrif buyurishlari mumkin", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yil 1-martdan boshlab "Uzbekistan Airways" AJ yoʻlovchilari yangi xizmat turi - aviakompaniyaning qatnovlariga onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

Ushbu xizmat aeroportdagi roʻyxatdan oʻtish punktida navbatda turmaslikka va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi. Endi har kim uydan chiqmasdan vaqtini tejagan holda, aviakompaniyaning qatnovlariga roʻyxatdan oʻtish xizmatidan foydalanishi mumkin.

Asosiy mavzular