01:17 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
  • 1) Qoʻshinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashyutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh boʻlib uchish mashqlari oʻtkazildi.
  • Uzbekskiye razvedchiki zanyali tretye mesto na ArMI-2018
  • Kursantlar oʻrtasida oʻtkazilgan IV Xalqaro olimpiadada Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, toʻrtta yoʻnalishida faxrli oʻrinlarni egallashdi.
  • 350ga yaqin harbiylar farzandlari
  • Sorevnovaniya po tankovomu biatlonu sredi voysk Ministerstva oboronы
Ministerstvo oboronы RUz
Qoʻshinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashyutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh boʻlib uchish mashqlari oʻtkazildi.

Eʼtiboringizga oʻtgan bir yil davomida Oʻzbekiston armiyasida roʻy bergan eng muhim voqealar ketma-ketligini taqdim etamiz.

2018 yilda Oʻzbekiston mudofaa salohiyatini oshirish, qoʻshinlarning jangovar shayligini yuksaltirish, milliy armiyani zamonaviy harbiy-texnika va qurol-aslahalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Oʻzbekiston prezidentining 4 avgustdagi qaroriga koʻra, armiyada tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi joriy etilib, harbiy psixolog, sotsiolog lavozimlari kiritildi, Qurolli Kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish Kontseptsiyasi tasdiqlandi.

Jakarta va Palembang shaharlarida oʻtkazilgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubi aʼzolari 10 ta oltin, 12 ta kumush hamda 11 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Toshkentdagi "Universal" sport majmuida MDHga aʼzo davlatlar doʻstona armiyalari oʻrtasidagi armiya qoʻl jangi chempionatida Oʻzbekiston harbiylari jamoasi 5 ta oltin medal bilan birinchi oʻrinni qoʻlga qiritdi.

Birinchi marta Oʻzbekiston va Tojikiston respublikalari qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari oʻrtasida Tojikiston hududida hamkorlikda "Jangovar hamdoʻstlik—2018" oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Toshkentda birinchi marta MDHga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kenashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qoʻshin razvedkachilari oʻrtasida oʻtkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro tanlovida birinchilikni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlaridan tarkib topgan "Sharq yulduzi" terma jamoasi Moskvada boʻlib oʻtgan «Mudofaa vazirining KVN kubogi» xalqaro festivalida ishtirok etib, 2-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga binoan Mudofaa vazirligi qoʻshinlari tarixda birinchi marta oʻquv signali boʻyicha yuqori jangovar shaylikka keltirildi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Global Firepower tomonidan tuzilgan, 136 mamlakat qurolli kuchlari ishtirok etgan dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 9 pogʻona yuqoriga koʻtarilib, 39 oʻrinni egalladi.

Yana fotolavhalar

  • Oxirgi yangilanish: 13:26 19.11.2019
    13:26 19.11.2019

    Haftaning eng sara foto-suratlari

    Venetsiyada soʻnggi 50 yil ichida eng kuchli suv toshqini sodir boʻldi. Germaniyada Berlin devori qulashi 30 yil munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Kiyevda esa Yuqori rada binosi oldiga tobutda chuchqa olib kelishdi.

    578
    17
  • Oxirgi yangilanish: 17:53 17.11.2019
    17:53 17.11.2019

    Suv ostida qolgan Venetsiyada turistlar qanday vaqtichogʻlik qilmoqda

    Venetsiyaning 80 foiz hududi suv ostida qoldi. Suv toshqini paytida u yerda boʻlgan turistlar nimalar mashgʻul ekanini Sputnik fotojamlanmasida tomosha qiling.

    455
    15
  • Yubileynыy kontsert Yulduz Usmanovoy v Moskve
    Oxirgi yangilanish: 19:44 14.11.2019
    19:44 14.11.2019

    Yulduz Usmonova Moskvada – eng yorqin foto-suratlar

    Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova oʻzining yubileyiga bagʻishlangan ilk kontsert dasturini Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" majmuasida oʻtkazdi.

    1757
    17
  • Sherali Djurayev
    Oxirgi yangilanish: 14:00 13.11.2019
    14:00 13.11.2019

    Dushanbedagi Oʻzbekiston madaniyati kunlarining yorqin lahzalari

    Tojikistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlarining boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston mashhur yulduzlarining kontsert dasturidagi chiqishlari tojik xalqining olqishlariga sazovor boʻldi.

    846
    10

Asosiy mavzular