Bugun ertalab Oʻzbekistonning barcha maktablarida Birinchi qoʻngʻiroq tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston boʻylab 620 ming nafar oʻquvchilar ilk bor birinchi sinfga qadam qoʻydilar. Umumiy hisobda esa 2019 – 2020 oʻquv yilida Oʻzbekistonning 9904ta maktablarida 6,17 million kishi taʼlim oladi.
Bu yil “Prezident sovgʻasi” tarkibiga kiritilgan mahsulotlar sifatini oshirshga katta eʼtibor qaratildi. Birinchi sinf oʻquvchilarig berilayotgan “Prezident sovgʻasi” tarkibiga 12 xil oʻquv qurollari kiradi. Ular orasida portfel, lineyka, daftar va kitoblar, kley, qalam va boshqa narsalar bor.
Anʼanaga muvofiq, oʻquv yilining birinchi kunida barcha umumtaʼlim maktablarida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida mustaqillik darslari tashkil etiladi.