19:22 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
  • Shali iz ovechyey shersti
  • Devushki vruchnuyu obrabatыvayut xlopok
  • Festival dekorativno-prikladnogo iskusstva v Kokande
  • Proizvodstvo traditsionnыx kovrov
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Qahrabo sanʼati ham namoyish etildi.

Qoʻqon shahrida ilk Xalqaro hunarmandchilik festivali boʻlib oʻtmoqda. Festivalning yorqin suratlari - Sputnik fotojamlanmasida.

2019 yilning 10-15 sentyabr kunlari Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali boʻlib oʻtmoqda. Unda 1116 nafar hunarmand, jumladan, 191 nafar xorijliklar ishtirok etmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Xudoyorxon oʻrdasi festivalning asosiy maydoniga aylangan. 

Kelajakda Hunarmandchilik festivali har ikki yilda bir marta boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Festival Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Fargʻona viloyati hokimligi ishtirokida tashkil qilinadi.

Ushbu festivalning asosiy maqsadi - oʻzbek xalqining  tarixi va madaniy hayotini keng yoritish, oʻzbek milliy hunarmandchiligini namoyish qilish, madaniy-gumanitar aloqalarni xalqaro miqyosda kuchaytirish, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklashdir.

Festivalnng eng sara va yorqin suratlari - Sputnik Oʻzbekiston fotojamlanmasida.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular