Soʻnggi oʻn yil ichida eng yirik parad boʻlgani eʼtirof etildi. Unda 15 mingga yaqin harbiylar, 580 dona texnika va 160 dona samolyot va vertolyotlar qatnashdi.
“Bu buyuk davlat asosiga putur yetkazadigan bironta ham kuch yoʻq. Dunyoda birorta kuch Xitoy millatini oldinga harakatlanishdan toʻxtata olmaydi", - deya bayonot qilgan Si Tszinpin Tyananmen maydonida harbiy parad boshlanishi avvalida.
Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy xalqi 70 yil davomida oʻzlarining saʼy-harakatlari va kurashlari tufayli dunyoni hayratga solgan yutuqlarga erishdi.