13:55 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
  • Vernuvshiyesya iz Kitaya uzbekistantsы vыshli iz karantina
  • Avtobusы Tashkenta dezinfitsiruyutsya dlya predotvraщeniya infektsionnыx zabolevaniy
Ministerstvo zdravooxraneniya Uzbekistana
Xitoydan olib kelingan oʻzbekistonliklarning karantindan chiqishi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda COVID-19ga chalinganlar soni 86 mingdan oshgan. 2979 kishi vafot etgan. Dunyoning turli burchaklarida insonlar qanday uni yuqtirmaslik uchun choralar koʻrishmoqda?

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provintsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallik qoʻzgʻatuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST ushbu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy - COVID-19 nomini berdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda ushbu kasallikka chalinganlar soni 86 mingdan oshgan. 2979 kishi vafot etgan, 42 mingdan ziyodi esa tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan. Hozirda koronavirus 50 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan soʻng eng koʻp kasallanish Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Italiyada kuzatilmoqda.

Uzbekistan Airways kompaniya 1 martdan esa Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiyaga boʻlgan qatnovlarni vaqtincha toʻxtatdi. Oʻzbekiston davlat chegarasida sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlari kuchaytirilgan. Mamlakatda virusning tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralar koʻrilmoqda.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular