14:12 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© REUTERS / Michal Svitok
Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova i bosh vaziri Igor Matovich

Kovid yuqtirib olmaslik uchun odam shaxsiy himoya vositasi (niqob)da boʻlishi shart. Pandemiya kuchayishi tufayli prezidentlar va siyosatchilar himoya niqoblarini taqishga majbur boʻlishgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoning 203 davlatida jami 935 mingdan ziyod nafar bemorlarda koronavirus infektsiyasi aniqlangan, ulardan 194 mingdan ziyodi kasallikdan davolangan. 47 mingdan ziyod inson esa virus qurboniga aylangan.

Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan bemorlar soni 190 nafarni tashkil etmoqda.

Fuqarolar uyidan tashqariga shaxsiy himoya vositasi (niqob)siz chiqsa, qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.

Karantin va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz boʻlish qonunga zid hisoblanadi.

Ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan qonunga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha, yaʼni 1 mln 115 ming soʻm miqdorda jarima jazosi qoʻllanilishiga asos boʻladi.

Niqob taqqan xorijiy davlat yetakchilari aks etgan suratlarni Sputnik jamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular