03:29 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik / Vladimir Pesnya
Moskvadagi "Oxotniy ryad" bekati. Ushbu bekat orqali Qizil maydonga chiqiladi, shuning uchun hamisha gavjum edi. Biroq hozir u umuman boʻshab qolgan.

Hamisha hayot qaynagan va baʼzan oyoq qoʻyishga joy boʻlmagan Moskva metrosi koronavirus pandemiyasi tufayli boʻshab qoldi.

Rossiya poytaxti aholisi uchun oʻzini yakkalash hayot tarzi mart oyidan buyon amal qilib kelmoqda. Jamoat transportidan faqat maxsus ruxsatnomaga ega boʻlganlar foydalanishi mumkin.

22 apreldan uydan chiqish va jamoat trasportidan foydalanish huquqini beruvchi raqamli ruxsatnoma  avtomatlashtirildi. Endilikda ruxsatnoma yoʻlovchining “Troyka” yoki “Strelka” kartasiga biriktirilgan boʻlishi shart. Aks holda u metro, avtobus, trolleybus kabi jamoat transportlaridan foydalana olmaydi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli boʻshab qolgan Moskva metrosi Sputnik fotojamlanmasida.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular