09:31 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
  • Alisher Navoi vozvыshayetsya nad aleyey
  • Vid na alleyu literatorov glazami Alishera Navoi
  • Muxammad Yusuf
  • Abdulla Kadыri
  • Aleksandr Faynberg
  • Berdak
  • Babur i Berdak
  • Mukimiy
  • Ozod Sharafiddinov
  • Ogaxiy i Furkat
  • Saida Zunnunova i Said Axmad
  • Oybek
  • Tsentralnaya alleya veduщaya k pamyatniku Alisheru Navoi
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Alisher Navoiy

Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi. Xiyobonda atoqli oʻzbek shoiru yozuvchilari mushoira va mushohida uchun jamlangan, desak, mubolagʻa boʻlmas.

Adiblar xiyobonini gʻoyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Choʻlpon, Qodiriy, Toʻlepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bagʻishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratildi.

Hazrat Navoiyning muhtasham haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit meʼmoriy va badiiy kompozitsiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirildi. Shu yerda Yozuvchilar uyushmasi uchun bino barpo etilgani ham hamohanglik kasb etdi.

Shavkat Mirziyoyev adiblar xiyobonini adabiyot, maʼrifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy oʻquv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar bergan. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur oʻrganish, ularning ibratli umr yoʻllari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligini taʼkidlagan.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular