20:17 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
© AFP 2018 / Yasuyoshi Chiba
Keniyada quyoshning qisman tutilishi

Bugun, 21 iyun kuni qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Halqasimon Quyosh tutilishi kuzatildi. Sputnik sara suratlarni eʼtiboringizga havola etadi.

21 iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatdi.

Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatildi.

Halqasimon Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining markazi Oy tomonidan toʻsilganida soya atrofida ingichka yorugʻ halqa hosil boʻlishiga aytiladi. Quyosh tutilishining halqasimon boʻlishi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq boʻlishi bilan izohlanadi. Oy Yerga qanchalik yaqin paytda tutilish boʻlsa Quyoshning shunchalik katta qismi toʻsiladi.

Sputnik ushbu nodir hodisaning sara suratlarini eʼtiboringizga havola etadi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular