07:56 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
© AP Photo /
Nagasakida atom bombasi portlashidan soʻng qoʻziqorin shaklida bulut hosil boʻldi.

Xirosima kuni – 6 avgustda butun dunyoda har yili yadro qurolini taqiqlashga qaratilgan kuni oʻtkaziladi. Shu kuni 1945 yilda Amerika aviatsiyasi Yaponiyaning Xirosima shahrini atom bombasi bilan bombardimon qildi.

1944 yil yozida bombani jangovar qoʻllashga tayyorgarlik koʻrilgan. 1945 yil may-iyun oylari davomida Tinch okeanining Marian orollari arxipelagi va Tinian orollariga Amerikaning 509-chi qoʻshma aviatsiya guruhi yetib keldi. 1945 yil 25 iyulda AQSH prezidenti Garri Trumen Xirosima, Kokuru, Niigatu va Nagasaki shaharlarini bombardimon qilish toʻgʻrisida buyruq berdi.  

75 yil oldin soat 8.15da 10 ming metr balandlikdan uran zaryadiga ega boʻlgan Little Boy atom bombasi Xirosima shahriga tashlandi, bomba 600 metr balandlikda portladi.

Atom bombalari portlashi oqibatida 80 mingga yaqin odam darhol halok boʻldi, 12 mingdan ortiq odam bedarak yoʻqoldi, 40 ming kishi jarohatlandi.

Portlash epitsentridan toʻrt kilometr radiusda yongʻinlar bir necha soat davom etdi. 12 kvadrat kilometr maydonda binolar -  90 ming uydan 62 mingtasi butunlay vayron boʻldi.

9 avgust kuni soat 11.01 da AQSH raketa-tashuvchi samolyoti ekipaji Nagasaki shahriga Fat Man atom bombasini tashladi. Buning oqibatida 73 mingdan ortiq kishi halok boʻldi va bedarak yoʻqoldi, keyinchalik yadro nurlashish va jarohatlardan 35 ming kishi vafot etdi.

Ikki bomba tashlanishi natijasida sal kam 300 ming kishi (qurbon, bedarak yoʻqolgan) jabrlandi, 200 ming kishi radiaktiv nurlanishga uchradi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular