03:41 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
496 0 0

Turkiya harbiylari teleefir orqali hukumat ularning qoʻliga oʻtganini, Turkiya rahbariyati esa hibsga olinganini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Turkiya harbiy qoʻmondanligi mamlakatda hukumat ularning qoʻliga oʻtganini eʼlon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.   

Ayni damda Anqara va Istambulda otishma ovozlari eshitilmoqda, harbiy vertoletlar osmonga koʻtarilgan, Istambul aeroportida barcha parvozlar bekor qilngan. Xususan, Moskvadan Istambulga uchayotgan “Aeroflot” parvozi orqaga qaytmoqda.

Turkiya bosh shtabi davlat telekanali orqali mavjud boʻlgan barcha xalqaro shartnomalar toʻliq bajarilishini va mamlakatda harbiy vaziyat eʼlon qilinganini eʼlon qilishdi.

Biroz oldin Turkiya Bosh vaziri bir guruh harbiylar noqonuniy davlat toʻntarishi uyushtirmoqchi boʻlganligini va ushbu urunish toʻxtatilganligini eʼlon qilgan edi. Bosh shtab bayonotiga qaramasdan, Turkiya Bosh vaziri hukumat oʻz ishini davom ettiriyotganini va Adliya vazirligi ushbu ish yuzasidan tekshiruv boshlaganini eʼlon qilgan edi.

Ayni damda Turkiya prezedenti Toyyip Erdoʻgʻon rezidentsiyasi kuchli qoʻriqlanmoqda.

Harbiy toʻntarish haqidagi xabardan keyin jahon valyuta bozorida Turkiya Lirasining narxi birdaniga 3.5%ga tushib ketdi. Koʻplab mamlakatlar oʻz fuqarolariga Turkiyaga bormay turishni tavsiya qilmoqda.

Asosiy mavzular