14:39 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda prezident saylovi (124)
209891

Markaziy saylov komissiyasi xabariga koʻra, 200 mingdan ziyod Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada konsullik roʻyxatida turadilar, ammo roʻyxatga olinmaganlar soni bundan koʻp

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Oʻzbekistondagi prezident saylovlarida ishtirok etadiganlar soni juda koʻp boʻlishi kutilmoqda. Oʻzbekistonga kelayotgan reyslar tirband, samolyotga chipta xarid qilish esa tobora murakkab boʻlib bormoqda, deb xabar qilgan Sputnik Oʻzbekiston nashriga MSK rahbari.

MSK rahbari soʻzlariga koʻra, oʻzbekistonliklar saylovda qatnashish uchun 1 kunga boʻlsa ham vatanga kelib ketishga tayyorlar.

"Bizning fuqarolarimiz vijdonli. Imkoni borlar 4-dekabr sanasiga chipta olib, saylovda ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelishmoqda", — deya taʼkidlagan Ulugʻbek Abdusalomov.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, 200 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada konsullik roʻyxatida turadilar. Ammo roʻyxatga olinmaganlar soni esa bundanda koʻp.

Abdusalomovning soʻzlariga koʻra, avvaldan Rossiyada ikkita emas, balki koʻproq saylov uchastkalarini tashkil etish rejasi boʻlgan. Saylov uchastkalari Moskva va Novosibirsk shaharlarida emas, balki Kazan va Sankt-Peterburgda tashkil etish rejalashtirilgan. Ammo bu masala oʻz vaqtida Rossiya tomon bilan hal etilmay qolgan.

Eslatib oʻtamiz, 46ta mamlakat vakillari Oʻzbekistondagi prezident saylovlarini yoritish istagini bildirganlar. Tashviqot materiallari esa dunyoning 17ta (tojik, qozoq, koreys va boshqa) tillariga tarjima qilingan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda prezident saylovi (124)
Teglar:
prezident, MSK, ovoz berish, 4-dekabr, saylov, saylov, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular