13:32 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
60711

Saylovlarga mashhurlarni va estrada yulduzlarini ataylab jalb qilganimiz yoʻq, deb taʼkidladi Sputnik muxbiriga "Oʻzbeknavo" esrada birlashmasi raisi Farhod Joʻrayev

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda, saylovlar boʻlib oʻtdi, deb tan olindi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 72%dan ortigʻi ovoz berib boʻldi.

Ushbu jarayonga mashhurlar ham kelib qoʻshilishmoqda, ular orasida kino va teatrning koʻzga koʻringan aktyorlari, estrada yulduzlari ijrochilari ham talaygina.

"Oʻzbeknavo" esrada birlashmasi raisi Farhod Joʻrayevning Sputnik muxbiriga aytishicha, birlashma saylovlarda ishtirok etishlari uchun mashhularni atay jalb qilgani yoʻq. Sanʼatkorlarning oʻzlari fuqarolar orasida tashviqot ishlarini olib borish istagini bildirganlar hamda saylov jarayoniga ham oʻz xohishlari bilan kelganlar. Qoʻshiqchilarning aksariyati saylovlarni yoritish uchun tashkil qilingan press-klubga qadamranjida qildilar. Ular orasida Munisa Rizayeva, Jahongir Poziljonov, Lola Ahmedova, Sevara Soliyeva, Sardor Rahimxon va boshqalarni uchratish mumkin edi…

"Oʻzim tanlagan nomzod uchun ovoz berishni muqaddas burchim deb bilaman. Mening toʻrt nafar farzandim bor, umuman olganda men ularning kelajagi uchun ovoz beryapman. Taʼkidlash joizki, bu yilgi saylovlar Oʻzbekistonda yangicha ruhda kechyapti. Ilk marotaba saylov jarayonini yoritish uchun maxsus press-klub tashkil etildi. Bularning barchasi kishini zavqlantirmay qolmadi, albatta. Chunki bu degani — Oʻzbekistonda saylovlar ochiq va shaffof tashkil etilishi uchun barcha chora-tadbirlar koʻrilyapti. Dunyo kuzatuvchilari buni tan olyapti", — deb taʼkidlagan Sputnik nashriga bergan intervyusida taniqli aktyor, rejissyor va qoʻshiqchi — Jahongir Poziljonov.

Xonandaning soʻzlariga koʻra, u saylov uchastkasiga saharlab kelgan, ammo vaqt hali juda ertaligiga qaramay, ovoz berishga kelganlar koʻpchilikni tashkil qilgan. Odamlar xuddiki bayramga kelgandek, oilaviy kelishyapti, deb taʼkidlaydi u.

Hammaning kayfiyati aʼlo.

"Muxlislarim meni oʻrab oldi, selfi qilib boʻlishgach, dastxat olishdi. Bugungi ovoz berish jarayonida qatnashayotganim juda katta zavq berdi menga. Rasmiyatchilikdan darak ham yoʻq, hammasi oddiy, uydagidek. Saylovchilar uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan, nomzodlarning har biri haqida ham maʼlumotlar batafsil berilgan", — deya suhbatga yakun yasadi Poziljonov.

Teglar:
MSK, mashhurlar, yulduzlar, prezident, saylov, saylov, Jahongir Poziljonov, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular