Si Szinpin Mirziyoyevni tabrikladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSi Szinpin
Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XXR raisi aytishiga qaraganda, Xitoy va O‘zbekiston haqiqatdan yaxshi qo‘shni, do‘st va hamkordir.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga, O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrik xati yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Xitoy TIVi.

"Men O‘zbekiston-Xitoy munosabatlariga katta e’tibor beraman va Siz bilan yaqin aloqa o‘rnatib, kelajakda birgalikda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini rivojlantirishga, ikki xalq manfaati yo‘lida har tomonlama strategik hamkorlik o‘rnatishga  tayyorman", — deyilgan tabrik xatida.

XXR raisi aytishiga qaraganda, Xitoy va O‘zbekiston haqiqatdan yaxshi qo‘shni, do‘st va hamkordir.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda yakunlangan prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev 88,61 % ovoz to‘plab ishonchli g‘alaba qozondi.

Yangiliklar lentasi
0