21:54 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
58011

Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi 9 dekabr kuni boʻlib oʻtgan majlisda Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash toʻgʻrisida qaror qabul qildi

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respulikasi Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida Oʻzbekistondagi prezident saylovlari natijalari eʼlon qilindi.

MSK okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish jarayonida saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini aniqlangan. Bu roʻyxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga koʻra, Sarvar Sadullayevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 %i ovoz bergan, Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 %i ovoz bergan, Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi yoki 3,73 %i, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 nafar saylovchi yoki 3,46 % saylovchilar ovoz bergan.

Shunday qilib, natijalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev gʻolib chiqqan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarimiz oʻzining yuksak siyosiy saviyasi va fuqarolik potsiziyasini hamda Vatanimiz taqdiriga daxldorlik tuygʻusini namoyish etib, ovoz berishda faol ishtirok etdilar", — deb taʼkidlagan Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulugʻbek Abdusalomov.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
Teglar:
saylov, Mirziyoyev prezident, saylov natijalari, Ulugʻbek Abdusalomov, Sarvar Otamuratov, Xatamjon Ketmonov, Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular