TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov oʻz lavozimidan ozod etilgan.
"Darakchi" nashrida berilgan xabarga koʻra, sobiq Moliya vaziri Bosh vazir oʻrinbosari lavozimida qoldirilgan.
Azimovning oʻrnini shu paytgacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan, "Ipoteka-bank" aktsiyadorlik tijorat ipoteka banki Kengashi raisi Xodjayev Botir Asadillayevich egallagan.
Botir Xodjayev 1956 yilda Toshkentda tugʻilgan, 1979 yilda Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutini tamomlagan.