14:20 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
14410

"Sizga boʻlgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz", - deyilgan telegrammada

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda 2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan saylovda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb xabar bergan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, Mirziyoyevga Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashining Raisi Raul Kastro Rusda ham tabrik telegrammasi kelgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janob Prezident!

Sizni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin dildan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysiz.

Sizga boʻlgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz", — deyilgan maktubda.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti nomiga Bruney Dorussalom Sultoni Hoji Hassanal Bolkiax, Iordaniya podshohi Abdulloh II bin al-Husayn, Moldova Respublikasi prezidenti Nikolaye Timofti va boshqalardan qutlov telegrammalari kelgan.

Teglar:
Oʻzbekiston prezidenti, prezident, tabrik, Mirziyoyev, Raul Kastro, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular