22:03 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
2775113

Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Tojikistonga tashrifida oʻziga xos ramziy belgi bor, deb taʼkidlagan Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida MDH davlatlari instituti Markaziy Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi mudiri Andrey Grozin

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Grozinning taʼkidiga koʻra, ushbu tashrifdan Oʻzbekiston va Tojikiston tomonni katta umidlar bogʻlab turgan. Oʻzbekistonda davlat rahbari almashgach, mamlakat qoʻshnilar bilan yanada jipsroq munosabatlarga tayyorligini bildiruvchi belgilar bildirgan.

"Mirziyoyev Karimovdan murakkab merosni qabul qildi. Ammo shu bilan birga Oʻzbekistonning hozirgi rahbari Tojikiston bilan munosabatlarni tiklay boshlagan, deb aytib boʻlmaydi. Hali Karimov davridayoq Oʻzbekiston Tojikiston bilan yaqinroq boʻlish belgilarini bildira boshlagan edi", — deb taʼkidladi Grozin.

Ekspert, shuningdek, tomonlar energetika va suv sohalarida, viza hamda transport masalalarini tez oradahal etishlariga ishonch bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Dushanbeda Tojikiston respublikasi rahbari Emomali Rahmon Rustam Azimov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazgan edi.

Teglar:
MDH, Tojikiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular