21:12 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
23741

Bitim Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining Oʻzbekistonga texnik koʻmak koʻrsatishini nazarda tutadi

TOSHKENT, 1 yanv — Sputnik. 2016-yilning 31-dekabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida "Ekotizimli yondashuv asosida yerdan foydalanish va Amudaryo quyi oqimida ekotizimni saqlash" loyihasini amalga oshirish maqsadida texnik hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolandi, deb xabar qilingan Oʻzbekiston TIV rasmiy saytida.

Taʼkidlanishicha, ushbu bitim GFR Hukumatining Oʻzbekistonga texnik koʻmak koʻrsatishini nazarda tutib, uning maqsadi iqlim oʻzgarishi oqibatlariga moslashish chora-tadbirlariga koʻmaklashish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasida iqlimni himoya qilish va barqaror rivojlanishga hissa qoʻshish hisoblanadi.

Mazkur Bitimning 9-moddasiga binoan hujjat 2016-yil 31-dekabrdan kuchga kirdi.

Teglar:
bitim, Oʻzbekiston, Germaniya

Asosiy mavzular