TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentini tabrikladi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 12-dekabrni Xalqaro betaraflik kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi Rezolyutsiya qabul qilinishi munosabati bilan chin dildan tabriklab maktub yoʻlladi", — deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston rahbari Oʻzbekistonda Turkmaniston bilan doʻstlik va qoʻshnichilik munosabatlari alohida qadrlanishini aytgan. "Bizning davlatlarimiz xalqaro siyosat va mintaqaviy barqarorlikning dolzarb masalalari boʻyicha umumiy yoki oʻxshash pozitsiyaga ega", — deyiladi maktubda.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sogʻlik, masʼuliyatli davlat ishlarida yangi zafarlar, Turkmaniston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va yanada ravnaq topishni tiladi.