12:28 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
1645162

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazish bilan birga, Rossiya parlamenti vakillari bilan ham uchrashishni rejalashtirgan

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzining ilk prezidentlik safarini Rossiyadan boshlaydi.

Oʻzbekiston rahbari Moskvaga 2017 yilning aprelida tashrif uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ayni damda Oʻzbekiston tomon safaga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborgan. Maʼlum boʻlishicha, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazish bilan birga, Rossiya parlamenti vakillari bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

"Bugungi kunda strategik hamkorlar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi barcha turda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadilar. Rossiya Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkori sifatida barqaror oʻrinni egallagan. 2016 yilda ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 4,2 milliard dollarni tashkil qilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning birinchi yarmida Nursulton Nazarboyevning taklifi bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga safar qilishni ham rejalashtirgan.

Teglar:
Oʻzbekiston, Rossiya, Mirziyoyev, Putin, siyosat

Asosiy mavzular