23:04 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
180 0 0

Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan prezidentga mustahkam sogʻliq va ulkan zafarlar, doʻst Frantsiya xalqiga esa xotirjamlik hamda farovonlik tilagan

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni boʻlib oʻtgan saylovlardagi ishonchli gʻalabasi va Frantsiya Respublikasi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Xabarda keltirilishicha, davlat rahbari Makronga yoʻllagan maktubida "ushbu yuqori va masʼuliyatli lavozimidagi faoliyati oʻzaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch tamoyillariga asoslangan anʼanaviy va sermahsul Oʻzbekiston-Frantsiya hamkorligini yanada rivojlantirishga yoʻnaltiriladi", deya ishonch bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan prezidentga mustahkam sogʻliq va ulkan zafarlar, doʻst Frantsiya xalqiga esa xotirjamlik hamda farovonlik tilagan.

Eslatib oʻtamiz, 7 may kuni Frantsiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi oʻtkazildi.

Saylovlarda 39 yashar Emmanuel Makron gʻolib chiqdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
Oʻzbekiston, Frantsiya, Makron, Mirziyoyev

Asosiy mavzular