02:41 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Siyosat
Havola olish
50310

Shavkat Mirziyoyev Oʻquv-markazida amaliyot oʻtayotgan kollej oʻquvchilari bilan Fargʻona asalarichilik tarixi, asalning shifobaxsh xususiyatlari, taʼlim jarayonida olib borilayotgan islohotlar haqida suhbatlashdi.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Fargʻona asalarichilik ishlab chiqarish oʻquv markazida boʻldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

"Fargʻona davlat universitetida asalarichilik boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish kerak. Agar mazkur sohaning ilmiy asoslarini oʻrgatadigan muassasa tashkil qilinsa, boshqa viloyatlardan ham yoshlar oʻqishga keladi, — dedi prezident uchrashuv davomida.

Shuningdek, prezident, davlatlar, xususan, AQSH bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi. "Oʻzbekiston – AQSH qoʻshma korxonasi tashkil qilinib, ikki mamlakatning yetakchi mutaxassislari doimo tajriba almashib turishi kerak", — dedi prezident.

Bugungi kunda Fargʻona viloyatida 1000 dan ortiq asalarichilik subʼyekti roʻyxatga olingan. Markazda ilmiy-tekshiruv laboratoriyasi, trening zallari, kutubxona, elektron arxiv bazasi, asalni qayta ishlash va qadoqlash tsexi, tikuvchilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi ishlab chiqarish tsexlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, asalarichilikda naslchilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektar eksperimental bogʻ va asal beruvchi oʻsimliklarni yetishtirishga moʻljallangan ekin maydoni tashkil etilgan.

Undan keyin Mirziyoyev asalari uyalari va uskunalari ishlab chiqarish tsexida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi. Shu yerda Xalq banki tomonidan viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham oʻtkazildi.  Taqdimotda, Qoʻshtepa tumanida tashkil qilingan 2 ming bosh qoramolga moʻljallangan chorvachilik kompleksi haqida maʼlumot berildi.

Asosiy mavzular