14:22 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)
217611

Oʻzbekiston ziyolilari bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev "Havas qilsa arziydigan ulugʻ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va sanʼatimiz ham albatta boʻladi", degan qatʼiyat bilan

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda adabiyot va sanʼat, OAVlarning biznezga aylanishiga hech qachon yoʻl qoʻymaymiz, deb taʼkidlagan Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 3 avgust kuni Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda soʻzlagan nutqi davomida.

"Oʻzbekistonda adabiyot va sanʼat, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yoʻl qoʻymaymiz", degan Oʻzbekiston rahbari.

Mirziyoyev oʻz maʼruzasida mamlakat madaniyati va sanʼatining rivojlanish jarayonlari, bu boradagi ijobiy tendentsiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotiga taʼsiri xolisona va tanqidiy baholanib, oʻz yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari haqida atroflicha fikr yuritgan.

Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyati chuqur tahlil etilgan.

Ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi oʻrni va vazifasi haqida muhim va dolzarb fikrlar bayon qilingan.

Prezident xalq maʼnaviy kamolotida ijodkorlarning xizmati beqiyos ekanini alohida taʼkidlab, taraqqiyotning hozirgi bosqichida barcha sohalar vakillari qatori madaniyat va sanʼat ahlidan ham yanada faollik, yangi-yangi ijodiy gʻoya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi talab etilayotganini taʼkidlagan.

Prezidentimiz boʻlib oʻtgan ochiq va samimiy muloqotning ahamiyati, mantiqiy natijasi haqida soʻz yuritib, "Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulugʻ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va sanʼatimiz ham albatta boʻladi", degan fikrni qatʼiyat bilan taʼkidladi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi S.Hakimov, akademiklar O.Salimov, R.Ubaydullayeva, Badiiy akademiya raisi A.Nuriddinov, Oʻzbekiston xalq shoirasi H.Xudoyberdiyeva, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi A.Slonim, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori S.Gʻafurova, Oʻzbekiston xalq artisti O.Nazarbekov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor H.Nasimov, Bastakorlar uyushmasi raisi R.Abdullayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist J.Piyazov va boshqalar madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasiga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, samimiy muloqot uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, belgilab olingan maqsad va vazifalar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ijod ahlini yangi va sermazmun asarlar yaratishga ruhlantirishi, barcha ijodiy tashkilotlarni oʻz faoliyatini qaytadan koʻrib chiqib, uni har tomonlama samarali tashkil etishga daʼvat etishini taʼkidladilar.

Mavzu:
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)
Teglar:
ziyolilar, Shavkat Mirziyoyev, prezident

Asosiy mavzular