19:54 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Press-konferentsiya predstaviteley Human Rights Watch na temu: «Avgustovskiy konflikt na Yujnom Kavkaze i prava cheloveka»

Saidov: Human Rights Watch Oʻzbekistonda hozircha ofis ocha olmaydi

© Sputnik / Mixail Fomichev
Siyosat
Havola olish
50101

Yetti yil avval Oʻzbekiston Oliy sudi Adliya vazirliginng HRWning Toshkentdagi vakolatxonasiga barham berish haqidagi arizasini qanoatlantirgan edi

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Human Rights Watch Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti hozircha Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini tiklay olmaydi, deb xabar qildi inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy markazi direktori Akmal Saidov.

Saidovning soʻzlariga koʻra, bu yetti yil oldin Oʻzbekiston Oliy sudiga HRWning Toshkentdagi vakolatxonasiga barham berish haqida Adliya vazirligi tomonidan berilgan  arznomaga bogʻliq.

"Vakolatxonaning ochilishi masalasiga kelsak, Oʻzbekiston Oliy sudining 2011 yilda chiqarilgan qarori bor, uni hech kim bekor qilmagan. Tabiiyki, bu eng oliy instantsiya, biz bu masalani Adliya vazirligida huquqiy tomonlama hal etishimiz kerak", — deb taʼkidlagan markaz rahbari.

Saidovning soʻzlariga koʻra, bu huquqni himoya qiluvchi tashkilot aʼzolari mamlakatga erkin tashrif buyura olmaydi, degani emas.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston HRW delegatsiyasini qabul qilishga tayyorligini aytgan va shundan soʻng tashkilot mamlakat poytaxtiga tashrif buyurgan edi.

Tashrif doirasida Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash masalalari va bu jarayonda huquqni himoya qilish tashkilotlari roli borasida muhokamalar boʻlib oʻtgan.

Human Rights Watchning Toshkentdagi ofisi 1996 yilda ochilgan. Xalqaro tashkilot respublikada inson huquqlari bilan bogʻliq holatlarni kuzatgan va tahlil qilgan. 2010 yilning dekabrida Adliya vazirligi HRWning mamlakatdagi vakolatxonasini yoʻq qilishni soʻrab, Oʻzbekiston Oliy sudiga arznoma yoʻllagan. 2011 yilning iyun oyida ushbu arznoma qanoatlantirilgan.

Asosiy mavzular