10:01 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
112401

Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi ikki doʻst davlatlar oʻrtasida bu singari gap-soʻzlar boʻlishi mumkin emas deb bayonot berdi

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayevning Qozogʻistonning Qirgʻiziston ichki ishlariga aralashuvi toʻgʻrisidagi gaplari munosabati bilan qatʼiy norozilik bildirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston.

"Ishonchimiz komilki, Qirgʻiziston prezidentining saylovoldi jarayonlar maqsadida masʼuliyatsizlik, fitnaga yoʻgʻrilgan va yolgʻon taʼkidlari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstona va oʻzaro yordam rishtalariga ziyon yetkaza olmaydi", — deyiladi Qozogʻiston TIV bayonotida.

Bayonotda shuningdek, Qozogʻiston tomon Qirgʻiziston xallqi bilan anʼanaviy qardoshlik munosabatlarini rivojlantirish yoʻnalishiga sodiq qolishi qayd etilgan.

Atambayevning prezidentlik muddati joriy yil 1 dekabrda tugaydi. Konstitutsiyaga muvofiq, u yana bir bor oʻz nomzodini qoʻyish huquqiga ega emas. Prezidentlik uchun qizgʻin tus olgan poygada Atambayevning izdoshi deb tilga aytilayotgan Sooronboy Jeeyenbekovning asosiy raqiblaridan biri bu mamlakatning sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov boʻlib, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev u bilan 19 sentyabr kuni uchrashuv oʻtkazgan edi. Ushbu urashuvdan oldinroq Nazarboyev Jeenbekov bilan ham uchrashganligiga qaramay, aynan Babanov bilan uchrashuvdan soʻng Qirgʻiziston TIV Qozogʻistonga norozilik notasini yuborgan.

Asosiy mavzular