18:26 21 Aprel 2018
Efir
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani

Afgʻoniston prezidenti Toshkentga keldi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
31950

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4 dekabr kuni Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan soʻng Afgʻoniston delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuvlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga moʻljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari va dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-taʼlim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Afgʻoniston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi dasturidan, shuningdek, Buxoro shahrini ziyorat qilish ham oʻrin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda ular huzurida maʼruza qiladi.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular