06:40 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Prezident posetil medtsentr v Sherabadskom rayone

Shavkat Mirziyoyev xususiy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
644 0 0

Diagnostika va davolash uskunalari yetishmayotgan hududda yana bir zamonaviy jihozlangan tibbiy muassasaning paydo boʻlishi katta ahamiyatga ega.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga boʻlgan tashrifi davomida, Sherobod tumanida joylshagan  «Yevromed plyus» xususiy diagnostika va davolash markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati

Shu kecha kunduzda ish boshlagan ushbu klinika zamonaviy tibbiy diagnosti va davolash uskunalari bilan jihozlangan.

Xususan, kompyuter tomografi, raqamli rentgen, ultratovush tekshiruvi, videogastroskop, videokolpaskop kabi dagnostika uskunalaridan foydalanish hamda ultratovush, elektr, magnit, lazer bilan davolash, umurtqa churralarini traktsion choʻzish yoʻllari bilan sogʻlomlashtirish imkoniyatlari mavjud.

Oldin bemorlarni davolashda yuqorida koʻrsatilgan tibbiy uskunalarga ehtiyoj tugʻilgan hollarda bemorlar Termiz shahridagi tibbiy markazlarga borib kelinar edi. Bundan buyon 182 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Sherobod, qoʻshni Muzrabot, Boysun, Angor, Qiziriq tumanlari aholisi yangi klinika xizmatlaridan foydalanishi mumkin boʻladi.

Shavkat MIrziyoyev, klinika faoliyati bilan tanishar ekan, mazkur shifo maskani bilan TOshkentdagi "Akfa Medlayn" klinikasi oʻrtasida hamkorlikni, tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular