Yevseyev: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchilikka da’vogar, lekin murosaga ham tayyor

© Sputnik / Vladimir TrefilovVladimir Yevseyev
Vladimir Yevseyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH mamlakatlari instituti rahbari o‘rinbosari Vladimir Yevseyev 15-mart kuni Ostona shahrida o‘tkazilgan Markaziy osiyo mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti yakuniga izoh berdi

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchilikka da’vogarlik qilmoqda, ammo murosaga ham tayyor, deb ta’kidladi MDH mamlakatlari instituti rahbari o‘rinbosari Vladimir Yevseyev Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Grigoriy Lukyanov ekspert VShE - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Ostona sammiti Markaziy Osiyoning birlashishi yo‘lida muhim qadam bo‘ladi
Eskpert fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari norasmiy sammiti mintaqa, ayniqsa o‘zbek-qozoq munosabatlari uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.

"O‘zbekiston, agar uning markaziy joylashuvini, aholisi sonini, sanoat salohiyatini hisobga oladigan bo‘lsak, yangi prezident Shavkat Mirziyoyev kelishi bilan mintaqadagi ikkinchi yetakchi maqomiga da’vogarlik qilishi mumkin, sababi, Qozog‘iston endilikda yakkayu-yagona yetakchi sanalmaydi. Mana shu jihatdan olganda, O‘zbekiston yetakchisining Qozog‘iston prezidenti — Nazarboyev bilan uchrashuvi butun mintaqa uchun juda muhimdir", — dedi Yevseyev.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, Toshkent hozirda ochiq tashqi siyosatni namoyish qilmoqda, va bu birinchi galda qo‘shnilarga qaratilgan ochiq siyosatdir. Xitoy yoki AQSh singari geosiyosiy o‘yinchilarga emas.

Mintaqadagi faolligi va Markaziy Osiyodagi salmog‘i og‘irlashib borayotganiga qaramay, O‘zbekiston umumiy va o‘ta nozik, ta’bir joiz bo‘lsa og‘riqli masalalarda murosaga borishga tayyor. Bular terrorizmdan tortib —suv-energetika bilan bog‘liq masalalardir.

"To‘g‘ri, bu murakkab va eski masalani to‘laligicha hal qilishning imkoni bo‘lmayapti, lekin muhokamaning o‘zi ko‘p narsadan darak beradi", — deb xulosa qildi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo mamlakatlarining uzoq vaqtdan beri birinchi uchrashuvi 15-mart kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi. Norasmiy sammit tashabbuskori O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir. Prezident bu sammitni o‘tkazish g‘oyasini o‘tgan yil Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro matbuot-anjumani davomida ilgari surgan edi.

O‘shandayoq mazkur uchrashuv Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi qarori qabul qilingandi. Ostonadagi muzokaralarga Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari to‘planishdi, Turkmaniston delegatsiyasiga esa mamlakat Mejlisi vakili rahbarlik qildi.

Yangiliklar lentasi
0