22:16 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Vladimir Norov

Norov Afgʻoniston urushining uch bosqichi haqida

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajali Toshkent xalqaro anjumani (41)
92551

Simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtgan tadbirda siyosatchi Vladimir Norov "Afgʻoniston mojarosining kelib chiqishi va uni tinch yoʻl bilan xal qilish boʻyicha xalqaro tashabbuslar" mavzusida maʼruza oʻqidi

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Afgʻonistondagi hozirgi holat — qoʻshni mamlakatlar va manfaatdor qudratli davlatlarning konstruktiv ishtirokisiz mojaroni hal etishning imkoni yoʻqligidan dalolat bermoqda, dedi bugun Simpoziumlar saroyida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov.

Oʻz chiqishi davomida Norov Afgʻoniston urushining uch bosqichi, "Tolibon"ning "Islom davlati"dan farqi hamda Afgʻoniston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan harakatlar haqida toʻxtaldi.

"Afgʻonistondagi vaziyatning oxirgi 40 yil davomidagi tahlili shunday xulosa qilish imkonini beradi-ki, mamlakatdagi qurolli mojarolar tarixi oʻzining 3ta rivojlanish bosqichiga ega", — dedi Norov.

Birinchi bosqich: sovet qoʻshinining kiritilishi

1979 yilning dekabrida cheklangan sovet harbiylari Afgʻonistonga kiritilgach, 1989 yilga qadar bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ziddiyatlar kuchayishi kuzatilgan. Oʻsha vaqtda Afgʻoniston hududida "Afgʻon urushi" nomini olgan harbiy harakatlar olib borilgan, lekin haqiqatda bu fuqarolarning qurollangan qarshiliklar koʻrsatgan davri boʻlgan. 

Vыvod sovetskix voysk iz Afganistana
© Sputnik / Aleksandr Lыskin
Vыvod sovetskix voysk iz Afganistana

1989 yilning fevralida SSSR qoʻshinlari Afgʻoniston hududidan olib chiqib ketilgach, mamlakatdagi vaziyat keskin oʻtkir tus olgan.

Oʻsha vaqtda qurollangan muxolifat kuchlar oʻz taʼsirini kengaytirib borayotgan bir sharoitda, Afgʻoniston prezidenti Muhammad Najibulloh hokimiyat tepasida 3 yilgacha qolishga muvaffaq boʻlgan. 1991 yilda SSSR tarqalib ketgach, har qanday turdagi yordam koʻrsatilishi toʻxtatilgan bir vaqtda prezident Najibulloh 1992 yilda isteʼfo berishga majbur boʻlgan va sovet qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etgach hukumat tepasiga Burhonuddin Rabboniy boshchiligidagi oppozitsiya vakillari kelishgan.

Ikkinchi bosqich: "Tolibon"ning vujudga kelishi

Norovga koʻra, Afgʻonistonda ziddiyatlar oʻtkir tus olishining ikkinchi sababi — mamlakat harbiy siyosiy xaritasida "Tolibon" harakatining vujudga kelishi bilan bogʻliq. Ularning vujudga kelishi va kengayishi Afgʻoniston janubidagi Qandagʻor provintsiyasidan boshlangan.

"Dastavval soni unchalik koʻp boʻlmagan harakatga shiddat bilan yangi-yangi kuchlar kelib qoʻshilgan va uning safi yangi tarafdorlar bilan kengayib borgan. 1995 yilga kelib toliblar mamlakatning teng yarim hududini nazoratga olgan. 1996 yilga kelib ular Afgʻoniston poytaxtini egallab oldilar va Afgʻonistonni Islom Amirligi deb eʼlon qiladilar", — dedi Norov.

Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoye foto
© AFP 2018 / Noorullah Shirzada
Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoye foto

Siyosatchining aytishicha, Burhonuddin Rabboniy hukumati tarafdorlari yangi hukumatga oppozitsiyada edi — "Tolibon"ning ularga qarshi kurashi 1996 yildan 2001 yilgacha davom etgan.

Shuni qayd etish kerakki, "Shimoliy alyans" nomi ostidagi birlashgan kuchlar "Tolibon"ning bosqinchilik harakatlarini toʻxtatishga muvaffaq boʻlgan va shu tariqa 1997 yilning boshidan Afgʻonistonda oʻziga xos "kvo" maqomi shakllangan. Bunda tomonlarning birortasi butun mamlakatda nazoratni oʻz qoʻliga ololmagan edi. Shu bois, ular oʻrtasida pozitsiya uchun kurash davom etib kelayotgandi.

1990 yillar boshlarida Afgʻonistondagi notinchlik Markaziy Osiyo mintaqasi uchun katta boʻlgan tahdilar manbai edi — bular terrorizm, diniy ekstremizm, narkobiznes va noqonuniy qurol savdosi.

Mana shunday shart-sharoitlarda Oʻzbekiston Afgʻonistonda tinchlik va osoyishtalik oʻrnatishga qaratilgan qator tashabbuslar bilan chiqish qildi.

Xususan, BMT shafeligi ostida Afgʻonistonning qoʻshnilari va doʻstlari — "6+2" formatida aloqa kelishuv guruhini tuzish tashabbusi. Bunda Afgʻoniston bilan toʻgʻridan toʻgʻri chegaradosh boʻlgan davlatlar: Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston shuningdek, AQSH va Rossiya ishtirok etdi.

1998 yil 21 sentyabrda Nyu-Yorkda Tashqi ishlar vazirlar darajasida "6+2" formatida uchrashuv tashkillashtirildi.

1999 yil 19-20 iyulda BMT shafeligida "6+2" guruhining oliy darajada Toshkent uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bunda aloqa guruhining aʼzolaridan tashqari afgʻon mojarosining asosiy ishtirokchilari — "Shimoliy alyans" va "Tolibon" harakati vakillari  qatnashdilar.

Toshkent anjumanidan soʻng hech qanday natija bermagan kuch metodidan voz kechish va ziddiyatni tinch yoʻl bilan hal etishning asosiy tamoyili haqida xalqaro konsensus qabul qilindi.

Tomonlar vaziyatning yanada chuqur ildiz otishini — butun dunyo hamjamiyatining hamkorlikdagi va faol harakatlari orqali toʻxtatish imkoni borligini tan oldilar. Muzokara ishtirokchilari uzoq muddatli tinchlik faqatgina afgʻon xalqining oʻzini harakati orqali oʻrnatilishi mumkinligini bir ovozdan qayd etdilar.

Uchinchi bosqich: AQSH qoʻshinining kiritilishi

Afgʻon mojarosining uchinchi bosqichi 2001 yil  11 sentyabrda Vashingtonda sodir etilgan teraktlardan keyin yangi shakllarga ega boʻldi, dedi Norov.

Siyosatchining aytishicha, Amerika Qoʻshma Shtatlari va u boshchiligida toʻplangan xalqaro koalitsiya BMT Xavfsizlik Kengashining 2001 yil 20 dekabrdagi rezolitsiyasi asosida Afgʻonistonda harbiy operatsiyani boshlagan. Ammo soʻnggi 17 yil davomida Afgʻonistonda yuz berayotgan qurollangan toʻqnashuvlar tinchlik va barqarorlik oʻrnatishda hech qanday natija bermagan. 

Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet
© Flickr / Official U.S. Navy Page
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet

Bundan tashqari Afgʻoniston hududida keyingi vaqtlarda Afgʻon hukumati hamda butun dunyoda xalovatsizlikni keltirib chiqarayotgan yovuz kuch paydo boʻldi — bu yerda gap "Islom davlati" deb atalmish uyushma haqida bormoqda. 

"Agar "Tolibon" asosan pushtunlar harakati boʻlsa va uning yetakchilari oʻz oldilariga hech qachon ekspansiyaviy (bosib olish, keng tarqalish) vazifalarini qoʻymagan boʻlsa, "Islom davlati" ulardan farqli oʻlaroq Butunjahon xalifalik davlatini tuzishga harakat qilmoqda.

Afgʻon inqirozining uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan, tugal bilmas xarakteriga qaramay, mamlakat hukumati xalqaro ishtirokchilar va kuzatuvchilarni jalb etgan holda uni hal etishning munosib va oʻzaro manfaatli yoʻllarini topishga harakat qilmoqda.

Afgʻonistondagi hozirgi holat — qoʻshni mamlakatlar va manfaatdor qudratli davlatlarning konstruktiv ishtirokisiz mojaroni hal etishning imkoni yoʻqligidan dalolat bermoqda", dedi oʻz chiqishi yakunida Norov.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻoniston boʻyicha Toshkent anjumani 26-27 mart kunlari boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra, 12 mart sanasiga qadar oʻzlarining diplomatik kanallari orqali forumda ishtirok etishlarini Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Afgʻonistondagi BMT maxsus vakili tasdiqlaganlar.

AQSH tomonidan anjumanda Davlat kotibining birinchi oʻrinbosari ishtirok etadi.

23 mart kunidan boshlab Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferentsiyasi matbuot markazi ish boshladi. Matbuot markazi kuniga 24 soat ishlaydi.

Ushbu mnosabat bilan oʻtkazilgan bugungi tadbirda matbuot markazi rahbari — konferentsiya matbuot-kotibi Sherzod Qudratxoʻjayev, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markaz direktori Eldor Oripov, tarix fanlari doktori, professor Sherzod Abdullayev va boshqalar Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkaziladigan mazkur nufuzli anjumanning Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni taʼminlash va qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayonlaridagi ahamiyati haqida toʻxtaldi.

Afgʻoniston boʻyicha Toshkent xalqaro konferentsiyasini yoritishda 300 ga yaqin mahalliy va 20 dan ortiq xorijiy OAV vakillari qatnashadi. 

Jurnalistlarga qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston xalqaro anjumanlar saroyida boʻladigan konferentsiyaning asosiy tadbirlari matbuot markaziga toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilinadi. Bundan tashqari, markaz zamonaviy kompyuterlar, printerlar va boshqa koʻp funktsiyali qurilmalar bilan jihozlangan. Yuqori tezlikdagi Wi-Fi va simli uzatish orqali Internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati mavjud.

Mavzu:
Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajali Toshkent xalqaro anjumani (41)

Asosiy mavzular