14:06 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
114420

Donald Tramp Vladimir Putinga AQSH qurol-aslaha poygasida gʻolib chiqishini maʼlum qildi, deb xabar qilgan NBC nashri

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan oʻtkazgan oxirgi muloqotida AQSH Rossiya bilan qurol-aslaha poygasini oʻtkazishga tayyorligini va hatto bunda gʻolib chiqishini aytgan. Bu haqda oʻzining ismi sir saqlangan manbasiga tayangan holda NBC telekanali xabar berdi. 

"Agar siz qurol-aslaha poygasini istasangiz, biz buni amalga oshirishimiz mumkin, lekin men gʻalaba qozonaman", — deb iqtibos keltiradi telekanal Tramp soʻzlaridan.

Ikki yetakchi suhbati 20 mart kuni boʻlib oʻtgan. Tramp Putinga uning qayta saylangani bilan tabriklash uchun qoʻngʻiroq qilgan. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi suhbat konstruktiv ruhda boʻlib oʻtganini taʼkidlagan. Peskovning soʻzlariga koʻra, Putin va Tramp ikkiyoqlama munosabatlarda toʻplanib qolgan muammolarni yengib oʻtish haqida gaplashishgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Rossiya prezidenti Federal kengashga murojaatida Rossiyaning eng yangi qurollari, xususan har qanday Raketaga qarshi mudofaa tizimini aylanib oʻtadigan yangi tipdagi aslahalar haqida gapirgan edi.

Teglar:
qurol, Tramp, Putin

Asosiy mavzular