01:52 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
70640

Prezident Mirziyoyev Vashingtonda Tramp bilan uchrashadi, shuningdek, AQSH Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda boʻladi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston — AQSH hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Vashingtonda Mirziyoyev, shuningdek, AQSH Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat rahbarlari "Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi" deb nomlangan Qoʻshma bayonotni imzolashi, turli sohalardagi oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplamining qabul qilinishi kutilmoqda.

Teglar:
Amerika, Tramp, Mirziyoyev

Asosiy mavzular