10:29 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s glavoy Rosatoma

Mirziyoyev "Rosatom" bosh direktori Lixachyovni qabul qildi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
34920

Uchrashuvda oʻtgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

"Muzokarada fan va yuqori texnologiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari va innovatsiya markazlari oʻrtasida, jumladan, oʻtgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi", - deyiladi xabarda.

Qoʻshma dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

"Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov samimiy qabul uchun Oʻzbekiston rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rossiya ikki mamlakat va xalqlarning manfaatlari yoʻlida energetika sektorida keng koʻlamli sheriklik va oʻzaro foydali ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi va bunga tayyorligi alohida qayd etildi.

Asosiy mavzular