05:38 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Shavkat Mirziyoyev na zasedanii

Mirziyoyev Oʻzbekistonda majlislar oʻtkazish shartlarini oʻzgartirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
3730 0 0

Oʻzbekiston prezidenti ijro intizomiga konservativ-buyruqbozlik bilan yondashilishiga chek qoʻyadigan qarorni imzoladi

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda keltirilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, ayrim vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro intizomi nazoratini sifatli va samarali tashkil qilish, shuningdek, oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar hanuzgacha talab darajasida yoʻlga qoʻyilmayapti.

Prezident qarorlari va topshiriqlariga rioya etish masalalarida masʼuliyatsizlik va rasmiyatchilik holatlari uchramoqda, jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi choralar samarasizligicha qolmoqda, ish yuritishning ichki jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmayapti, shuningdek, ijro intizomiga konservativ-buyruqbozlik bilan yondashilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.

Qarorga muvofiq, 2019- yil 1 yanvardan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yigʻilishlarni oʻtkazish, Prezident tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar bundan mustasno, faqatgina "Ijro.gov.uz" tizimidagi majlislar va yigʻilishlar maxsus markazlashgan maʼlumotlar bazasiga oʻtkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi koʻrsatilgan qaydlar kiritilganidan soʻng amalga oshiriladi.

Hisob palatasi Prezident qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish borasida Prezident Administratsiyasi tuzilmalari va Bosh prokuratura bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Prezident qarorlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Prezident ruxsati bilan Hisob palatasi bilan kelishilgandan soʻng uzaytiriladi.

Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yigʻilishlarning «Ijro.gov.uz» tizimidagi markazlashgan maʼlumotlar bazasida qayd etilmagan holda oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.

Asosiy mavzular