O‘zbekiston MDHning “parlament oilasiga” a’zo bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishZdanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan v Tashkente
Zdanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining Parlamentlararo assambleyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko va O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev tegishli hujjatni imzolashdi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi konvensiyasiga a’zo bo‘lishga qaror qildi, deb ma’lum qildi Fedaratsiya kengashi spikeri, MDH PA kengashi raisi Valentina Matviyenko. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Valentina Matviyenkoni O‘zbekistonga taklif qildi

“O‘zbekiston respublikasini umumiy parlament oilamizga, assambleyamizga a’zo bo‘lishini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlaymiz... MDH parlament oilamiz endi to‘liq bo‘ldi”, - deydi Matviyenko.

Hujjat imzolangach, majlis zaliga O‘zbekiston davlat bayrog‘i olib kirildi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev so‘zlariga ko‘ra, konvensiyani imzolash “muhim ahamiyatga ega” va mamlakat uchun xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

MDH Parlamentlararo assambleyasi parlament-tuzuvchi rahbarlari tomonidan imzolagan shartnomaga asosan 1992-yil 27-martda tuzilgan.

Avvalroq Nig‘matilla Yo‘ldoshev Valentina Matviyenkoni O‘zbekistonga taklif qilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0