00:46 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov

Kamilov SHHT MATT Ijroqoʻmi direktori Sisoyev bilan uchrashdi

Mejdunarodnыy press-klub
Siyosat
Havola olish
67 0 0

Yevgeniy Sisoyev ushbu yil SHHT MATT Ijroiya qoʻmitasi direktori lavozimida oʻz missiyasini yakunlamoqda.

TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) Ijroiya qoʻmitasi direktori lavozimidagi oʻzining uch yillik missiyasini yakunlayotgan Yevgeniy Sisoyevni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Tomonlar suhbat chogʻida hozirda 8 davlatni oʻzida jamlagan SHHT MATT doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilishdi.

“Vazir tashkilotning yanada rivojlanishiga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun SHHT MATT Ijroqoʻmi direktoriga minnatdorchilik izhor etdi. Yevgeniy Sisoyev, oʻz navbatida, oʻzining Oʻzbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun yaratib berilgan qulay sharoit va SHHT MATT Ijroqoʻmi faoliyatiga koʻrsatilayotgan koʻmak uchun minnatdorchilik bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 4-6 dekabr kunlari Chelyabinsk shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning birinchi Hududlararo forumida boʻlib oʻtadi. Shuningdek, delegatsiyalar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun Chelyabinsk viloyatining salohiyati bilan ham tanishadilar.

Asosiy mavzular