Qirg‘izistonda Abdulla Aripov tantanali kutib olindi: O‘shda nima muhokama qilinadi

© Foto : Press-slujba pravitelstva / Alisher AliyevPremyer-ministr Respubliki Uzbekistan Abdulla Aripov pribil v Kirgizskuyu Respubliku dlya uchastiya v rabote vtorogo zasedaniya Soveta glav prigranichnix oblastey Kirgizskoy Respubliki i Respubliki Uzbekistan.
Premyer-ministr Respubliki Uzbekistan Abdulla Aripov pribil v Kirgizskuyu Respubliku dlya uchastiya v rabote vtorogo zasedaniya Soveta glav prigranichnix oblastey Kirgizskoy Respubliki i Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘sh shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Kirgizskie pogranichniki na kontrolno-propusknom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston koloniyadagi ison tufayli Tojikiston bilan chegarada hushorlikni kuchaytirdi

Xabarda aytilishicha, bugun, 18-dekabr kuni O‘sh shahrida O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg‘iziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev ishtirok etadi.

Unda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi masalalarni muhokama etish rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston delegatsiyasi tarkibida vazirlik va idoralar rahbarlari, Batken, Jalolobod va O‘sh viloyati hokimiyatining vakolatli vakillari, shuningdek, chegara tumanlaridagi hududiy hokimiyat rahbarlari bor.

Yangiliklar lentasi
0