00:29 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Ucheniya ODKB v Tadjikistane

ODKB-2019 oʻquv mashgʻulotlari Markaziy Osiyo xavfsizligini taʼminlashga qaratiladi - Putin

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Siyosat
Havola olish
701 0 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ODKB harbiy oʻquv mashgʻulotlarini Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlashga bagʻishlashni taklif etdi

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligida oʻtkazilgan yakuniy xayʼat yigʻilishi davomida 2019 yilgi harbiy oʻquv mashgʻulotlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligini taʼminlashga bagʻishlash zarurligi haqida bayonot qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

"2019 yilgi oʻquv mashqlar davomida sheriklar bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha umumiy masalalar yechimida hamkorlikning barcha qirralarini batafsil ishlash lozm", - deb taʼkidlagan Rossiya yetakchisi.

Putin, shuningdek, bugungi kunda, eng avvalo kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti liniyasi boʻyicha harbiy hamkorlik rivojlanayotganiga eʼtibor qaratgan. KXSHT aʼzo boʻlgan davlatlar bular - Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston. Oʻzbekiston 90-yillar oxirida bu tashkilotga aʼzolikni uzaytirishdan voz kechgan.

Oʻzbekiston, oʻz navbatida dekabr oyi oʻrtasida “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2008 yil 28 avgust) ratifikatsiya qilgan edi. Hujjatning asosiy maqsadi - Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashdan iborat.

Asosiy mavzular