00:31 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Most Drujbы cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana

Oʻzbekiston va Tojikiston Afgʻoniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

© Flickr / ResoluteSupportMedia
Siyosat
Havola olish
523 0 0

Soʻgʻd viloyatida Oʻzbekiston va Tojikiston chegara qoʻshinlari Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyatni muhokama qilindi.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston chegara qoʻshinlari birinchi qoʻshma harbiy kengash yigʻilishini oʻtkazishdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Yigʻilish 21-22 dekabr kunlari Soʻgʻd viloyatining Gulistonida oʻtkazildi.

Uchrashuvda Tojikiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, general-polkovnik Radjabali Raxmonali va Oʻzbekiston DXX chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Ruslan Mirzayev va chegara qoʻshinlari boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi hamkorlik rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladilar.

Harbiy kengashda Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyat muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston chegara qoʻshinlari 2019 yil uchun hamkorlik rejasini ishlab chiqishdi.

Hujjatning asosiy maqsadi - mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish hamda davlat chegarasini himoya qilishdir.

Asosiy mavzular