10:39 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Prilet prezidenta Respubliki Uzbekistan SH. Mirziyoyeva

Shavkat Mirziyoyev 2019 yil boshida qaysi davlatlarda boʻladi?

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)
1240 0 0

Kelayotgan haftada Oʻzbekiston yetakchisi Hindistonga borishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. XPK dasturida moderator Sherzod Qudratxodjayev tomonidan berilgan "Oʻzbekiston prezidenti 2019 yilda qaysi davlatlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan?" degan savolga Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov javob berdi.

Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga safar qiladi.

Oʻzbekiston prezidenti Hindistoning Gudjarat shtatida 18-20 yanvar kunlari oʻtkaziladigan sammitda ishtirok etadi. Sammit doirasida farmatsevtika va yengil sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining tez orada Germaniyaga tashrifi ham kun tartibidan oʻrin olgan.

"Germaniya Yevropa ittifoqi lokomotivi. Mustaqillikka erishga, oradan ikki yil oʻtib Germaniyaning Bonn shahrida Oʻzbekiston elchixonasini ochganmiz. Ana shundan beri aloqalarimiz barqaror rivojlanib kelayapti. Germaniyaga safar davomida asosiy eʼtibor Oʻzbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratiladi - Myunxenda katta biznes forum oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekistondan tadbirkorlar ham ishtirok etadi. Xullas, kutish juda katta. Germaniyaga boʻlayotgan tashrif natijasi, meni fikrimcha juda unumli boʻladi", - deya ishonch bildirdi Neʼmatov.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)

Asosiy mavzular