07:34 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES

Shavkat Mirziyoyevga Navoiy IESning kelajagi namoyish qilindi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
147 0 0

Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi yuqori darajada sanoatlashgan va unga tutash mintaqadagi isteʼmolchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi asosiy manba hisoblanadi.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy IESda barpo etilayotgan ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumtsement” aktsiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar, iqtisodiyotimizda salmogʻi tobora ortib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining samarali faoliyati va aholini yanada ishonchli elektr energiya bilan taʼminlash aynan ushbu stantsiyada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga bevosita bogʻliq.

Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems” konsortsiumi hamda “Oʻzbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati oʻrtasida mazkur bugʻ-gaz qurilmasini bunyod etish boʻyicha shartnoma imzolangan edi. Umumiy qiymati 432 million AQSH dollariga teng ushbu inshootning quvvati 450 megavatt. Qurilish “Mitsubishi Corporation and MHPS” konsortsiumi va Turkiyaning “Calik Enerji” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Prezident bugʻ-gaz qurilmasi gaz turbinasining ishlash jarayonini koʻzdan kechirdi. Bugʻ-gaz qurilmasi toʻliq tayyor holda joriy yil sentyabr oyida ishga tushiriladi.

  • Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
    Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
    Press-slujba prezidenta Uzbekistana
  • Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
    Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
    Press-slujba prezidenta Uzbekistana
  • Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
    Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
    Press-slujba prezidenta Uzbekistana
  • Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
    Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
    Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1 / 4
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
“Davlat rahbari eʼtiboriga loyiha amalga oshirilishi tufayli erishiladigan natijalar va bugʻ-gaz turbinasining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari haqidagi taqdimotlar havola qilindi”, - deyiladi xabarda.

Bugʻ-gaz qurilmasi ishga tushirilishi natijasida yiliga 3 milliard 454 million kilovatt-soat elektr energiya va issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Hisob-kitoblarga koʻra, loyiha samarasida 1 kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun shartli yoqilgʻi sarfi kamayishi hisobidan yiliga oʻrtacha 829 million kub metr tabiiy gaz tejaladi. 

Oʻzbekistonda energetika tizimida 2025 yilgacha yana bir qator zamonaviy bugʻ-gaz qurilmalarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, ming nafardan ortiq xizmat koʻrsatuvchi yuqori malakali mutaxassis tayyorlash zaruratini keltirib chiqaradi. Prezident ushbu ehtiyojni taʼminlash maqsadida Navoiy IES bazasida bugʻ-gaz qurilmalari uchun xodimlar tayyorlaydigan oʻquv markazi tashkil etish boʻyicha topshiriq bergan edi. Korxonada Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi – JICA moliyaviy koʻmagida oʻquv markazi tashkil etildi. Hozirgi kungacha bu yerda 166 mutaxassis tayyorgarlikdan oʻtdi.  Davlati rahbari korxonaning ishchilari va xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom montaja vtoroy parogazovoy ustanovki v Navoiyskoy TES

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Navoiy issiqlik elektr stantsiyasida boʻlib, ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasi poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi.

Asosiy mavzular