Nursulton Nazarbayev iste’foga chiqdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPatriarx Kirill vruchil orden Sergiya Radonejskogo prezidentu Kazaxstana N. Nazarbayevu
Patriarx Kirill vruchil orden Sergiya Radonejskogo prezidentu Kazaxstana N. Nazarbayevu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev iste’foga chiqdi.

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Nursulton Nazarbayev iste’foga chiqdi. Bu haqida Qozog‘iston prezidenti markaziy telekanallar orqali e’lon qildi. 

"Men o‘zim uchun murakkab bo‘lgan qarorni qabul qildim - prezident sifatida o‘z vakolatimdan voz kechaman. Bu yil ushbu oliy lavozimga kirishganimga 30-yil to‘ladi. Men mustaqil Qozog‘istonning birinchi prezidenti bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldim.

Men, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizga ishonaman. Agar biz kuchli bo‘lsak, hamma bizni hurmat qiladi, biz bilan hisoblashadi. Agar biz birovlarga ishonsak - o‘z yutuqlarimizdan mahrum bo‘lamiz. Yashasin Qozog‘iston!", - dedi Nursulton Nazarbayev respublika markaziy telekanallari efirida. 

Nursulton Nazarbayev 1990-yilning 24-aprelidan buyon Qozog‘iston prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan edi. Nazarbayev 1940-yilda tug‘ilgan. O‘z mehnat faoliyatini Qarag‘anda metallurgiya zavodida oddiy ishchi sifatida boshlagan. Keyinchalik zavodda ishlab turib oliy ma’lumot olgan. 1989-yilda Qozog‘iston SSR Kommunistik partiyasining 1 kotibi etib tayinlangan. Ayni damda Nursultan Nazarbayev 78 yoshda. 

Yangiliklar lentasi
0