01:41 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev

Qozogʻiston prezidenti Tokayev Ostona nomini Nursultonga oʻzgartirishni taklif etdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Siyosat
Havola olish
Nursulton Nazarboyev oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqdi (21)
34410

Prezident lavozimiga kirishishi bilan Tokayev Qozogʻiston poytaxti Ostona shahri nomini Nursultonga oʻzgartirish taklifini kiritdi

TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Qozogʻiston poytaxti Ostona shahri Nursultonga oʻzgartirilishi kerak. Bu haqda Qozogʻiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Tokayev qasamyod marosimidan keyin bayonot qildi.

Tokayev Qozogʻiston prezidenti sifatida oʻzining ilk nutqini soʻzlagan.

"Yelbasining xalqimiz oldida xizmatlari shu qadar buyukki, biz bu ismni abadiylashtirishimiz lozim. Bu oliy darajada adolatdan boʻladi", - degan Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev.

U Qozogʻiston, Nursulton Nazarboyev tufayli butun boshli sotsialistik maydonda, xususan Markaziy Yevropada ham yetakchi mamlakat maqomiga erishganini qoʻshimcha qildi.

"Bizning poytaxtimiz prezidentimiz nomini olishi va Nursulton, deya atalishi kerak. Bunday taklif parlamentariylar tomonidan 2016 yilda, Qozogʻiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan aytilgan edi", - dedi Tokayev.

Uning taklifini parlamentariylar gulduros qarsaklar bilan qarshi olishdi.

Kasim-Jomart Tokayev Qozogʻiston prezidenti qasamyodini keltirdi. Konstitutsiyaga binoan u Nursulton Nazarboyevning prezidentlik muddati yakuniga qadar davlat rahbari vazifasini toʻlaqonli bajaradi.

Mavzu:
Nursulton Nazarboyev oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqdi (21)

Asosiy mavzular