23:57 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev

Toqayev oʻzbek-qozoq munosabatlari haqida nima dedi?

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Siyosat
Havola olish
885 0 0

“Yon qoʻshnim – jon qoʻshnim” deb ifoda berdi Qosim Jomat Toqayev Oʻzbekiston va Qozogʻiston munosabatlariga.

TOSHKENT, 14 apr – Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Oʻzbekistonga uyushtirilishi kutilayotgan davlat tashrifi oldidan OʻzA ga batafsil intervyu berdi. 

Intervyuda Qozogʻiston prezidenti Oʻzbekiston bilan munosabatlarini oʻzbek maqoli bilan ifodalab “Yon qoʻshnim – jon qoʻshnim” deb baholadi va ikki davlat munosabatlardan butun  Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikning muhim omili ekanini taʼkidladi.

Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili

Toqayev ushbu tadbirlarda oʻzbekistonliklar faol ishtirok etishlariga ishonch bildirib, ishbilarmonlar va siyosatchilar uchun biznes-forumlar, talabalar uchun taʼlimga oid koʻrgazmalar oʻtkazilshi rejalashtirilganini taʼkidladi.

Undan tashqari, zamonaviy chegara va bojxona infratuzilmasini yaratish, mamlakatlar sayyohlik salohiyatini mustahkamlash haqida gapirdi.

Kasыm-Jomart Tokayev
Kazakh Presidential Press Service/Handout via REUTERS

Siyosat

Markaziy Osiyoning jahon siyosatidagi oʻrni va soʻnggi yillarda Bzejinskiy kabi gʻarbiy  ekspertlarning Markaziy Osiyo davlatlari taqdiriga doir prognozlari haqida, Toqayev, oldingi yillarda prognoz qilingan koʻplab salbiy stsenariylar amalga oshmaganini va aksincha davlatlar orasida barcha sohalarda munosabatlar rivojlanayotganini aytdi.

“Darhaqiqat, mustaqillikka erishilgandan boshlab koʻplab ekspert va kuzatuvchilar aksar hollarda Markaziy Osiyo taraqqiyotining salbiy stsenariysini prognoz qilgan edi. Mamlakatlarimizning parchalanib ketishi, nazorat qilib boʻlmaydigan terrorizm xavfining kuchayishi, qandaydir «xalifat»ga aylanishi, ichki nizolar, iqtisodiy va ijtimoiy tanazzullar bashorat qilingan edi.

Biroq Markaziy Osiyoni “bolqonlashtirish” prognozlari roʻyobga chiqmadi. Markaziy Osiyodagi har bir davlatning mustaqillik yillaridagi dadil qadamlari mintaqada barqarorlikni saqlash imkonini berdi, bu esa uzoq muddatli izchil taraqqiyotga mutahkam poydevor qurishda muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi Qozogʻiston prezidenti.

“Shuningdek, prezident aytishiga koʻra, mintaqalashtirish va kooperatsiyasiz uzoq muddatli va barqaror taraqqiyotga erishib boʻlmaydi... Qozogʻiston barcha manfaatdor davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllari uchun ochiqdir”, - dedi Toqayev.  

Ushbu intervyuning toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular